Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda yanvar oyida anomal sovuq kutilmayapti. Bu haqda “O‘zgidromet” bo‘lim boshlig‘i Humoyun Mag‘ripov maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Humoyun Mag‘ripovning aytishicha, qish yakunigacha qor yog‘ishi va havo harorati 0 darajadan pasayishi mumkin.

“Anomal sovuq hozircha kutilmayapti. Qish iliq kelishi haqidagi gapni kunlik harorat +10 yoki +20 bo‘ladi deb tushunmaslik kerak. Qish yakunigacha 3-4 kun qor yog‘adigan, harorat 0 darajadan pastga tushadigan holatlar bo‘ladi”, — dedi mutaxassis.

Humoyun Mag‘ripovning qo‘shimcha qilishicha, yanvar oyi aslida sovuq bo‘lishi kerak. Chunki iliq qishning zararli jihatlari ko‘p.

“Aslini olganda, yanvar oyi sovuq kelgani yaxshi. Negaki, iliq kelgan qishning oqibatlari keyingi yil bahor va yozda bilinadi hamda u juda ham og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi va yaylovlar uchun og‘ir sharoit yuzaga keladi”, — dedi u.

Maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘ngi 30 yillikdagi eng sovuq yanvar oyi 2008-yilda, eng iliq yanvar esa 2016-yilda kuzatilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 6-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, respublikada havo iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »