Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistonda qish faslining iliq kechayotgani qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkazishi, qolaversa, insonlar salomatligiga ham xavf tug‘dirishi haqida gapirdi.

Erkin Abdulahatov
Foto: “Daryo”

Iliq qishning insonlar sog‘lig‘iga zarari haqida

Hozir aslida qalpoq kiyib yuriladigan sovuq havo bo‘lishi kerak edi. Ammo bu yil qish iliq keldi. Bunday bo‘lishi inson salomatligi uchun zararli hisoblanadi. Chunki sovuq havo ayrim virusli kasalliklar ko‘payishining oldini oladi. Olimlarning fikricha, iqlim isishi subtropik mintaqalardagi kasalliklarning biz tomon ko‘chishiga olib keladi. Misol uchun, denge kasalliklari Yevropa davlatlarida paydo bo‘lmoqda. Aslida, u kasalliklar daromadi past, aholisi sanitariya qoidalariga amal qilmaydigan, kasalliklarga qarshi kurashishga imkoniyati yo‘q davlatlarda ko‘proq. Denge, molyariya, chkungiya degan kasalliklar asta-sekin o‘choq hududlarini shimolga tomon yo‘naltirmoqda. Dunyo sog‘liqni saqlash tuzilmalari turli viruslar mutatsiyaga uchrashi oqibatida mintaqalarda inson organizmida ham yangicha kasalliklar ko‘payib borishiga olib kelishini tasdiqlagan. Iqlim o‘zgarishi tibbiyotga salbiy taʼsir qiladi.

“Mevali daraxtlarda joriy yil hosil kamayishi mumkin”

Telegram kanalimga  “Sizningcha, dekabrdagi noodatiy issiqlik va sovuqlik to‘lqinlari ko‘proq qaysi tarmoqqa iqtisodiy zararlar keltirdi?” degan so‘rovnoma joyladim. Ko‘pchilik asosan qishloq xo‘jaligiga taʼsir ko‘rsatdi, deb yozdi. Chunki yuqori issiqlik daraxtlarni qishki uyquga ketishi kerak bo‘lgan paytda gullatib yuboradi. Hozir ularning tanasi issiqlik stresslarini qabul qilyapti. Daraxt tanasi uchun qish oylari bo‘lishiga qaramay, uyqudan uyg‘onib qolishi uchun tez-tez qulay ob-havo kuzatilmoqda. Bular ertangi issiq to‘lqinlarda gullab yuborish “kayfiyatida” turibdi. Yaʼni bu zararli.

Bizning mintaqa qish oyida shimoldan kirib keladigan sovuqqa moyil hisoblanadi. Baribir bir marta bo‘lsa ham sovuq kirib kelib, havo harorati 10-15 darajagacha sovib ketishi xavfi mavjud. Agar bu yuz bersa, daraxtlar o‘z hosilidan 100 foizga ayriladi — keyingi yil hosil bermaydi. Undan asosan barg chiqadi, kamiga tezroq qarib qolishi kuzatiladi.

Hozir iqlimning ilib ketishi tibbiyot va qishloq xo‘jaligiga jiddiy taʼsir qilmoqda. Dekabr oyida biroz sovuq kuzatilganda ko‘pchilik energetik muammolar yuzaga keldi va ko‘zimizga shu ko‘rinyapti, degan xulosalar berdi. Aslida, hozir iqlim o‘zgarishining energetik iqtisodiyotga keltirgan zarari tibbiyot bilan qishloq xo‘jaligiga yetkazgan iqtisodiy zarari oldida hech narsa emas. Faqat u, energetik muammo kabi bir zumda emas, asta-sekin o‘z bo‘yini ko‘rsatadi.

“Chora ko‘rishga kechikdik”

Biz iqlim o‘zgarishini ertaroq anglagan holda, qishda havoning isib ketish muammosiga qarshi kurashishni avvalroq boshlashimiz kerak edi. Ochiqlikdagi daraxtlarni bog‘dorchilik sferasida erta “uyg‘onib” ketmasligi uchun chora-tadbirlar mavjud. Bu bo‘yicha ilm-fan yutuqlari bor. Hozirgi havo to‘lqinlarida 5-6 daraja farqni ko‘rish mumkin. Yaʼni daraxtga taʼsir o‘tkazish orqali uning tanasidagi haroratni 2 darajaga pasaytirib tursa bo‘ladi. Bu huddi odam isitmasini shpris orqali pasaytirishga o‘xshash jarayon. Agar mazkur usul dekabr oyi boshlarida qo‘llanganda, ancha foydali bo‘lardi.

Hozirda daraxtlarga stress asosan tog‘ etaklarida bo‘lyapti, tekislik hududlarida esa u darajada emas. Tog‘ etaklarida noyabr va dekabr oylarida isish kuchli bo‘ldi. Oqibatda ko‘plab hududlarda bodom va boshqa daraxtlar gullab yubormoqda. Daraxt va bo‘lg‘usi hosilini asrab qolish uchun ota-bobolar qo‘llab kelgan klassik usullarni ham qo‘llash mumkin. Masalan, daraxt ildizi tagiga muz solib qo‘yish yoki sug‘orish. Bu usullar ham daraxtning uyg‘onib ketish “kayfiyat”ini pasaytiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »