Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston poyxatida havoning ifloslanish darajasi yomonlashib bormoqda. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda aytdi.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, havodagi ifloslanish birinchi navbatda insonlar salomatligiga salbiy taʼsir qilmoqda.

“Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, havoning meʼyordan ortiq ifloslanishi hatto saraton kasalligini ham keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, muzkur muammo sabab insonlarda astma va allergik kasalliklar ko‘payadi. Ko‘chada yursangiz havo ifloslanishining shahar aholisiga taʼsir qilayotganini real sezasiz. Chunki har 10 kishining 2-3 tasida yo‘talish holatlari uchraydi. Bu havoning ifloslanish darajasi meʼyordan ortganidan ham dalolat beradi”, — deydi tadqiqotchi.
Erkin Abdulahatov
Foto: “Daryo”

Suhbat davomida Erkin Abdulahatov muammoni bartaraf etish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.

“Avval havoni nima ifloslantiryapti, chang qayerdan ko‘tarilyapti aniqlash kerak. Agar tabiiy omillar taʼsiri kuchli bo‘lsa, cho‘l hududlarida yashil fitomassalar hosil qilish lozim. Elektromobilga sekin o‘tilyapti, bu juda ham kerak. Havo ifloslanishini oldini olish uchun ko‘plab ilmiy ishlar qilingan. Ularni amaliyotga joriy etish muhim. Zavod–fabrikalar mo‘rilariga filtrlovchi moslamalarni o‘rnatish va ularni doimiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish zarur. Havoni asosiy xavfli ifloslantiruvchi moddalar zavod–fabrikalardan chiqadi”, — deya fikr bildirdi iqlimshunos.

Avvalroq “O‘zgidromet” direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev iqlim o‘zgarishi xavfidan ogohlantirib, uning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun O‘rta Osiyoda davlatlari birgalikda choralar ko‘rishi kerakligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »