Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vaqti kelib odamlar Toshkentdan ommaviy ko‘chib ketishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev “Ular” loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: Videodan kadr

U intervyuda poytaxtdagi ekologik muammolarga to‘xtaldi.

“Masalan, men 5-10 yildan keyin Toshkentda yashamasligim aniq. Chunki bu ketishda Toshkentda yashab bo‘lmaydi. Poytaxtdan aniq ko‘chib ketaman yoki chetroqdan Toshkentga qatnab ishlashim aniq”, — degan Rasul Kusherbayev.

Kusherbayev poytaxtda juda ko‘p uylar qurilayotgani, kanalizatsiya tizimi, toza havo masalalariga to‘xtalib, Toshkentda kelajak avlod ham yashab qolishi uchun bu boradagi muammoni tuzatish uchun juda qisqa vaqt qolganini aytdi.

“Toshkentda uylar nima uchun qurilyapti? Odamlar 10-15 yilga kredit olyapti? Yashash uchun. Lekin men javob beraman, 5 yildan keyin yasholmay qolasizlar. 5-10 yildan keyin Toshkentda odamlar uylarini ommaviy tashlab chiqib ketishni boshlaydi”, — deydi ekologiya vaziri maslahatchisi.

Rasul Kusherbayev Toshkent havosini yaxshilash uchun tezkor va qat’iy choralar ko‘rish kerakligini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »