Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mamlakatdagi yashash uchun eng qulay shaharlarning kuchli beshtaligidan Toshkent shahri birinchi o‘rinda qayd etildi.

Infografika: IMRS Research

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistonning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingini eʼlon qildi. Uni tuzishda taʼlim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, barqarorlik, madaniyat va atrof-muhit yo‘nalishlarida jami 27 ta miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichidan foydalanilgan. Reyting respublikaning aholisi soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan 30 ta shahri uchun ishlab chiqildi.

“Natijalarga ko‘ra, respublikadagi yashash uchun eng qulay shaharlarning kuchli beshtaligidan 100 balli tizimda Toshkent (79,1 ball), Urganch (76 ball), Buxoro (75,4 ball), Samarqand (70,6 ball) va Navoiy (68,1 ball) shaharlari o‘rin egalladi. Ro‘yxatning eng quyi beshtaligidan Bekobod (35,3 ball), Xonobod (35,3 ball), Yangiyer (33,5 ball), Ohangaron (32,9 ball) hamda Quvasoy (26,4 ball)shaharlari joy oldi”, — deya maʼlum qildi institut.

Reyting bo‘yicha yashash qulay bo‘lgan shaharlar o‘ntaligidagi shaharlarning barchasi viloyat markazlari hisoblanadi. Reyting pog‘onalari bo‘yicha ulardan keyingi o‘rinlarni Qo‘qon (13-o‘rin), Xiva(14-o‘rin) va Chirchiq (16-o‘rin) kabi shaharlar egalladi.

Taʼlim hamda tibbiyot yo‘nalishida Buxoro, Guliston va Urganch yetakchilik qilayotgani, infratuzilma borasida Urganch, Navoiy va Toshkent nisbatan oldinda ekani qayd etilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik bo‘yicha Toshkent, Urganch va Guliston, madaniyat va atrof-muhit yo‘nalishida Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari yetakchi ekani keltirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »