Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tahliliy kompaniyasi dunyoning 173 ta yirik shahrida yashash narxi bo‘yicha yangi tadqiqotini eʼlon qildi

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Unda tahlilchilar 2023-yilning martidan sentyabrigacha bo‘lgan davr uchun 400 ta tovar va xizmatlar narxini dollarda solishtirgan. Barcha shaharlar Nyu-York bilan taqqoslanib, uning bazaviy reytingi 100 ta punkt asosida baholangan.

Mutaxassislarning fikricha, dunyoning yirik shaharlarida yashash o‘rtacha 7,4 foizga qimmatlashgan. Bu o‘tgan yilgi 8,1 foizlik ko‘rsatkichdan biroz kamroq, ammo 2017−2021-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori shakllangan.

Singapur va Syurix eng qimmat yashash darajasiga ega shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Syurixga Shveysariya frankining mustahkamlanishi, Singapurga esa transport va kiyim-kechakning qimmatligi yordam bergan. Keyingi o‘rinlarda Jeneva, Nyu-York va Gonkong turibdi. Shuningdek, kuchli o‘ntalikka Los-Anjeles, Parij, Kopengagen, Tel-Aviv va San-Fransisko kirgan.

Toshkent esa dunyoning qimmat shaharlari reytingida 31 punktlik bazaviy reyting bilan 169-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston poytaxtining reytingdagi o‘rni Tunis va Karachi o‘rtasida joylashgan.

Uzoq vaqt davomida dunyodagi eng arzon shahar Suriya poytaxti Damashq (13 ball) bo‘lib qolmoqda, bu reytingda unga eng yaqin bo‘lgan Tehrondan (20) deyarli ikki barobar ko‘p. Kuchli o‘nlikka Tripoli, Lusaka, Lagos, Buenos-Ayres, shuningdek, Hindistonning Ahmadobod va Chennay shaharlari kiradi.

Damashq, Tehron va Tripolida oziq-ovqat, shuningdek, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy parvarishlash mahsulotlarining arzon narxlari kuzatilmoqda. Bundan tashqari, eng yuqori inflyatsiya Karakasda (450 foiz) qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 13,4 foizni tashkil etgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »