Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida dunyoning 180 ta davlati ichida 137-o‘rinni egalladi. Respublika 2022-yilgi reytingdagi o‘rnidan to‘rt pog‘onaga pastlagan.

Skrinshot/ Reporters without borders

“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat tashkiloti anʼanaga ko‘ra, jahon matbuot erkinligi kuni arafasida dunyo mamlakatlaridagi matbuot erkinligi reytingini eʼlon qilib keladi. Joriy yil uchun tayyorlangan reytingdan 180 ta davlat o‘rin olgan.

Jurnalistika uchun sharoitlarni baholovchi 2023-yilgi Jahon matbuot erkinligi indeksiga ko‘ra, vaziyat 31 ta davlatda “juda jiddiy”, 42 ta davlatda “murakkab”, 55 tasida “muammoli”, 52 tasida “yaxshi” yoki “qoniqarli”dir.

Manbada yozilishicha, dunyoda har o‘nta davlatdan yettitasida jurnalistika uchun sharoitlar yomon, qolgan uchtasida qoniqarli. Xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonning xalqaro matbuot erkinligidagi global reytingi pasaygan va respublika 137-o‘rinda qayd etilgan. Tashkilot hisobotida mamalakat nima uchun bunday o‘ringa loyiq ko‘rilgani keltirilgan.

“2016-yilda prezident Islom Karimov vafotidan so‘ng matbuotdagi vaziyat biroz yaxshilandi, lekin hukumatni tanqid qilish murakkabligicha qolmoqda”, — deyiladi hisobotda.

Manbada yozilishicha, O‘zbekiston rasmiylari, asosan, ommaviy axborot vositalari va hukumat bilan yaqin aloqada bo‘lgan blogerlarni nazorat qiladi. Mamlakatda OAVga oid repressiv qonunlar va keng tarqalgan kuzatuv, senzura va o‘zini o‘zi senzura qilish kabi holatlar mavjud. O‘z mustaqilligini saqlab qolish uchun baʼzi mahalliy internet nashrlari jinoiy javobgarlikka tortilish yoki katta jarima to‘lash xavfi ostida OAV sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tishdan qochadi.

Reytingda Markaziy Osiyo mamlakatlarida matbuot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yomonlashgani ko‘rinadi. Jumladan, Qirg‘iziston reytingda qariyb 50 pog‘ona pastga tushgan (72-o‘rindan 122-o‘ringa). Bu mintaqa davlatlari orasida eng keskin pasayishdir. Qozog‘iston 2022-yilga qaraganda 12 pog‘ona pastlab, 134-o‘rinni egalladi. Tojikiston esa 153-o‘rinda joylashgan, yaʼni mamlakatda matbuot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “qiyin”dan “juda qiyin” bosqichga o‘tgan. Turkmaniston 176-o‘rinni egallab, indeksdagi eng yomon besh davlat qatoridan joy olgan.

Bu gal ham Norvegiya (ketma-ket yettinchi marta) matbuot erkinligi reytingida 180 ta davlat orasida birinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarda Irlandiya, Daniya, Shvetsiya va Finlyandiya qayd etilgan. Eng yomon — 180-o‘ringa  Shimoliy Koreya loyiq ko‘rilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »