Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Henley & Partners xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 78-o‘rinni egalladi.

Respublika pasportiga ega bo‘lganlar 59 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga egaligi ta’kidlanadi. Reytingda bitta o‘ringa birdan ortiq davlatlar to‘g‘ri kelgan. Shu tariqa O‘zbekistondan tashqari Burkina-Faso, Kot-d'Ivuar, Gabon, Mavritaniya, San-Tome va Prinsipi, Tojikiston ham 78-o‘rinni qayd etgan.

So‘nggi besh yil ichida birinchi marta kuchli pasport yetakchisi o‘zgargan, Jumladan Singapur pasporti birinchilikni olgan (192 davlatga vizasiz kirish). Germaniya, Italiya va Ispaniya (190 davlat) ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Yaponiyadan tashqari Avstriya, Lyuksemburg, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya va Janubiy Koreya (189 davlat) uchinchi o‘rinni egallagan.

Ukraina 30-o‘rin (146 ta davlat), Rossiya 49-o‘rin (115 davlat), Turkiya 50-o‘rinni (114 davlat) qayd etgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining pasport reytingidagi o‘rni quyidagicha:

  • Qozog‘iston 66-o‘rin (77 davlat);
  • Qirg‘iziston 76-o‘rin (63 davlat);
  • O‘zbekiston va Turkmaniston 78-o‘rin (59 davlat);
  • Turkmaniston 87-o‘rin (50 ta davlatga vizasiz);
  • Afg‘oniston 103-o‘rin (27 ta davlat).

Ma’lumot o‘rnida, Passport Index tomonidan e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston pasport mustahkamligi bo‘yicha dunyo reytingida 71-o‘rinni egallagandi. O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lgan fuqarolar 26 ta davlatga vizasiz, yana 45 ta davlatga esa yetib borgandan keyin vizani olishlari mumkinligi aytilgan.

2022-yilning aprelida e’lon qilingan Passport Index reytingda O‘zbekiston pasporti 63-o‘rinni, 2021-yilda esa 86-o‘rinni egallagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »