Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi shaharlarining yashash uchun qulayligi reytingi tuzildi.

Shaharlarda yashash qulayligi yig‘ma indeks asosida baholanib, indeks milliy statistik ko‘rsatkichlar doirasida, Global Livability reytingi metodologiyasi asosida ishlab chiqildi. Maʼlumot uchun: Economist Intelligence Unit nashri har yili dunyo shaharlari bo‘yicha “Yashash uchun qulay shaharlar” (Global Liveability) reytingini eʼlon qiladi. 

Indeksni shakllantirishda taʼlim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, barqarorlik, madaniyat va atrof-muhit yo‘nalishlaridagi jami 27 ta miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlaridan foydalanildi. 

Reyting aholi soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan respublikaning 30 ta shahri uchun ishlab chiqildi.

Natijalarga ko‘ra, respublikadagi yashash uchun eng qulay shaharlar kuchli beshligidan Toshkent (100 ballik tizimda reyting bali 79,1), Urganch (76,0), Buxoro (75,4), Samarqand (70,6) va Navoiy (68,1) shaharlari o‘rin egalladi. Ro‘yxatning eng quyi beshtaligidan Bekobod (35,3), Xonobod (35,3), Yangiyer (33,5), Ohangaron (32,9) hamda Quvasoy (26,4) shaharlari joy oldi.

Reyting bo‘yicha yashash qulay top-10 shaharlarning barchasi viloyat markazlari hisoblanib, reytingda ushbu shaharlarga reyting pog‘onalari bo‘yicha eng yaqin Qo‘qon (13-o‘rin), Xiva (14-o‘rin) va Chirchiq (16-o‘rin) kabi nomarkaziy hududiy birliklar joylashdi.

Yo‘nalishlar kesimida yetakchi shaharlar:

  • Taʼlim hamda tibbiyot: Buxoro, Guliston va Urganch;
  • Infratuzilma: Urganch, Navoiy va Toshkent;
  • Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik: Toshkent, Urganch va Guliston;
  • Madaniyat va atrof-muhit: Toshkent, Buxoro va Samarqand.
Foto:Imrs.uz

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »