Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida barcha turdagi xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari 2022-yilning mos davridagiga nisbatan arzonlashgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi

Infografika: IMRS 

O‘rtacha taʼmirlagan uylar ijara haqi 6-14 foizgacha pasaygan

O‘tgan oyda Toshkent shahri tumanlari kesimida bir xonali xonadon uchun o‘rtacha ijara narxi 370 dollardan 348 dollarga (-5.9 foizga), ikki xonali uyniki 474 dollardan 437 dollarga (-7.8 foiz) arzonlashgan. Uch xonali xonadonlar ijarasi 611 dollardan 526 dollarga (-13.9 foiz), to‘rt xonalilariniki 729 dollardan 633 dollarga (-13.2 foiz) pasaygan. 

Bir xonali uylar uchun ijara narxlarining eng yuqori tushishi Uchtepa (-26,9 foiz), Yunusobod (-17,5 foiz), Yakkasaroy (-14,7 foiz), Olmazor (-11,4 foiz) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, qolgan tumanlarda 10 foizdan kam tushish qayd etilgan.

Ikki xonali uylar uchun Bektemir (-20,2 foiz), Yunusobod (-13,7 foiz), Yashnobod (-12,8 foiz), Olmazor (-10,8 foiz) hamda Mirzo Ulug‘bek (-10,3 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan ko‘proq tushgani aniqlangan.

Uch xonali uylar uchun Olmazor (-22,2 foiz), Mirzo Ulug‘bek (-21,6 foiz), Yashnobod (-20,9 foiz) va Shayxontohur (-18,6 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan yuqori pastlagani kuzatilgan.

To‘rt xonali uylar uchun Sergeli (-28,6 foiz), Yunusobod (-25,8 foiz) va Mirzo Ulug‘bek (-24 foiz) tumanlarida ijara narxlarida 20 foizdan ko‘proq tushgan.

Infografika: IMRS 

To‘liq taʼmirlangan uylar ijarasi 6-16 foizgacha paysaydi

Poytaxtda oktyabr oyida to‘liq taʼmirlangan bir xonali uy ijarasining o‘rtacha narxi 557 dollardan 508 dollarga (-8.8 foizga), ikki xonali xonadonlarniki 695 dollardan 651dollarga (-6.3 foiz) arzonlashgan.

Uch xonali kvartiralar ijara haqi 867 dollardan 790 dollarga (-8.9 foiz), to‘rt xonali uylarniki 1102 dollardan 930 dollarga (-15.6 foiz) tushgan.

Tahlillarga qaraganda, oxirgi bir yil ichida to‘liq taʼmirlangan uylar uchun ijara narxlari Toshkent shahrida o‘rtacha 9,9 foizga pasaygan. Tumanlar kesimida olganda bir xonali uylar uchun Uchtepa (-16,7 foiz), Yakkasaroy (-15,5 foiz) va Mirobod (-15,4 foiz) tumanlarida ijara narxlari 15 foizdan ko‘proq tushgani kuzatilgan.

Ikki xonali uylar uchun Olmazor (-15 foiz), Yashnobod (-11,3 foiz), Yakkasaroy (-10,8 foiz) hamda Uchtepa (-10,7 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan ko‘proq tushgan.

Uch xonali uylar ijara haqida Uchtepa (-20,7 foiz) va Olmazor (-20 foiz) tumanlarida nisbatan ko‘proq pasayish qayd etilgan.

To‘rt xonali uylar uchun Yakkasaroy (-29,7 foiz) va Chilonzor (19,8 foiz) tumanlarida ijara narxlarining tushishi kuzatilgan.

2022-yilda Toshkent shahriga relokantlar oqimining ko‘payishi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan talabalar tomonidan ijaraga bo‘lgan talabning oshishi natijasida o‘tgan yilning sentyabr-oktyabr oylarida ijara narxlari sezilarli darajada oshib ketgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »