Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda sentyabr oyida ko‘chmas mulk bozori biroz qisqargan bo‘lib, faqat Samarqand viloyatida o‘rtacha faollikni saqlab qolishga erishildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi navbatdagi sharhida so‘z boradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, sentyabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 17 foizga kamaygan, oldi-sotdi bitimlari soni bir oy oldingi 28 mingtaga nisbatan 23 mingtani tashkil etgan.

Eng yuqori pasayish Navoiy viloyatida 32 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Toshkent shahrida 24 foiz qayd etilgan. Ko‘chmas mulk bozorida o‘rtacha faollikni saqlab qolgan hududlar Samarqand viloyati bo‘lib, bu yerda oy davomida sotuvlar 7,4 foizga oshgan.

Yanvar—sentyabr oylarida respublikada ko‘chmas mulkni sotish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,4 foizga o‘sgan, bu atigi 324 ta bitimga ko‘p. Hududlar kesimida yil davomida sotuvlar Samarqand viloyatida 52 foizga, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 30 va 29 foizga o‘sgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning qariyb 50 foizi Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat

Sentyabr oyida Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi avgust oyidagi 8,9 dollarga nisbatan 2,2 foizga oshib, 1 kvadrat metr uchun 9,1 dollarni tashkil etgan.

Uy-joy ijarasi uchun eng yuqori narxlar poytaxtning uchta tumanida – Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida kvadrat metri uchun 11 dollardan oshadi.

Eng past ko‘rsatkichlar Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida bir kvadrat metr uchun 7,4 dan 5,8 dollargacha.

Shu bilan birga, ijara narxining eng yuqori o‘sish surʼatlari poytaxtning Sergeli va Olmazor tumanlarida mos ravishda 6,5 foiz va 6,4 foizga hamda Bektemir tumanida 5 foizga oshgani qayd etilgan. Bir oy ichida Mirobod, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ijara narxi 1,6 foizdan 3,5 foizgacha arzonlashgan.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori

Sentyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi bir kvadrat metr uchun 2,9 foizga oshgan, o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon uy-joy narxi 22,3 foizga oshgan.

Xususan, Toshkent shahrida sentyabr oyida ikkilamchi uy-joy narxi 1,3 foizga oshgan. Eng yuqori o‘sish Shayxontohur — 1,8 foiz, Mirobod — 2,3 foiz va Yakkasaroy — 3,9 foiz tumanlarida qayd etilgan. O‘tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan poytaxtda o‘rtacha uy-joy narxi 29,1 foizga oshgan.

Avvalroq prezident qarori bilan ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlar mulkdorning qarzdorligi yo‘qligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanishi, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan faoliyatini amalga oshirish jarayonida tegishli mulkdorlarning huquqlari buzilishini oldini olish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga qo‘shimcha vakolatlar berilishi haqida xabar berilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »