Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘zining navbatdagi sharhida ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, avgust oyida ko‘chmas mulk savdosi 12,8 foizga o‘sgan, ro‘yxatga olingan oldi-sotdi bitimlari soni 28 mingtani tashkil etgan. Bu bir oy oldingi ko‘rsatkichga nisbatan deyarli 3 mingtaga ko‘p.

“So‘nggi ikki oy ichida poytaxt uy-joy bozorida faollik nisbatan past bo‘lsa-da o‘sayotganini ko‘rish mumkin. Shunday qilib, avgust oyida savdo hajmi 10 foizga oshdi va 7,5 ming xonadonni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.

Poytaxtda kvartirani ijaraga olish Uchtepa (7,1 dollar), Sergeli (6,7 dollar) va Bektemir (5,6 dollar) tumanlarida eng maqbul narx bo‘lib qolmoqda.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida birinchi marta yil boshida kvartiralar narxining pasayishi kuzatilgan. Avgust oyida uy-joylarning kvadrat metri uchun o‘rtacha narx 0,7 foizga pasaygan bo‘lsa, o‘tgan yilga nisbatan ikkilamchi uy-joylar narxi 22 foizga oshgan.

O‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 31,6 foizga oshgan.

Bundan oldin Toshkent viloyatida 4 176 ta ko‘chmas mulk manzili o‘zgargani, Toshkent viloyatida prezident sovg‘asi sifatida berilgan uy boshqa shaxsga rasmiylashtirilgani, O‘zbekistonda 3 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »