Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda boshqaruvchi tashkilot aniqlanmagan yangi ko‘p qavatli uylar foydalanishga qabul qilinmaydi. Bu haqda prezidentning 15-avgustdagi qarorida belgilandi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 2024-yil, 1-yanvardan boshlab quruvchi tashkilot qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilot jalb qiladi. Boshqaruvchi tashkilot aniqlanmagan taqdirda ko‘p qavatli uylar foydalanishga qabul qilinmaydi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Quruvchi boshqarish usulini tanlaydi yoki mazkur vazifani amalga oshirish uchun shartnomaga asosan boshqaruvchi tashkilot jalb qilishi mumkin. Birinchi ikki yil ichida ko‘p kvartirali uy-joydagi quruvchidan tashqari mulkdorlarning soni 50 foizdan oshgan taqdirda mulkdorlar tomonidan belgilangan tartibda umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish usuli tanlanadi.

Prezident qarorida belgilanishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 1 oy mudaatda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim:

  • ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalari uchun qarz mablag‘lari, shu jumladan bank kreditlari ko‘p kvartirali uylarning barcha joylar mulkdorlari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida olinishi mumkinligi;
  • ko‘p kvartirali uyni boshqarish tashkilotini yoki boshqaruvchini almashtirish muddatiga cheklov qo‘yish;
  • ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini va boshqarish organini tanlash masalasi yuzasidan barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining 50 foizidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bersa, umumiy yig‘ilish qarori qabul qilingan deb hisoblanishi.

Avvalroq prezidentning ushbu qarori bilan ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlar mulkdorning qarzdorligi yo‘qligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanishi, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan faoliyatini amalga oshirish jarayonida tegishli mulkdorlarning huquqlari buzilishini oldini olish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga qo‘shimcha vakolatlar berilishi haqida xabar berilgan edi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »