Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Fuqarolarni ro‘yxatga qo‘yish tartibini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Hujjat bilan quyidagilarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

  • Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlar qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga;
  • Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga.

O‘zgartirishlarga muvofiq:

  • turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazilayotgan u yerda vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha shaxslar mazkur joy kadastr organlarida qayta rasmiylashtirilguniga qadar ro‘yxatdan chiqarilishlari lozim;
  • fuqarolar ro‘yxatdan chiqarilganliklari haqida maʼlumot “Raqamli hukumat” platformasi orqali tekshiriladi;
  • obyektning ixtisoslashishini o‘zgartirish bo‘yicha ruxsatnomaga o‘zgartirilgan obyektga biriktirilgan yer uchastkasining chegara sxemasi ilova qilinadi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 4-sentabrdan kuchga kirdi.

Bundan oldin Toshkent viloyatida 4 176 ta ko‘chmas mulk manzili o‘zgargani, Toshkent viloyatida prezident sovg‘asi sifatida berilgan uy boshqa shaxsga rasmiylashtirilgani, O‘zbekistonda 3 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »