Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda joriy yilning 6 oyi hisobotiga ko‘ra, obyektlar soni 8 million 261 ming 696 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Aytilishicha, mamlakat bo‘yicha eng ko‘p obyektlar soni Farg‘ona viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olingan.

Respublika kesimida mulklar soni:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 450 ming 774 ta;
  • Andijon viloyatida — 712 ming 532 ta;
  • Buxoro viloyatida — 524 ming 527 ta;
  • Jizzax viloyatida — 300 ming 897 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida — 783 ming 68 ta;
  • Navoiy viloyatida — 286 ming 386 ta;
  • Namangan viloyatida — 599 ming 381 ta;
  • Samarqand viloyatida — 895 ming 302 ta;
  • Surxondaryo viloyatida — 587 ming 728 ta;
  • Sirdaryo viloyatida — 206 ming 697 ta;
  • Toshkent viloyatida — 780 ming 71 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 897 ming 954 ta;
  • Xorazm viloyatida — 444 ming 294 ta;
  • Toshkent shahrida — 792 ming 85 ta.

Avvalroq O‘zbekistonda qariyb 2,5 mln aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘qligi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, o‘tgan olti oyda 2,2 ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »