Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulk tarixi maʼlumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjat bilan ko‘chmas mulk tarixi maʼlumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

Davlat xizmatidan quyidagi usullar orqali foydalanish mumkin:

  • DXMga tashrif buyurgan holda;
  • YAIDXP yordamida;
  • davreestr.uz. orqali.

Bunda ko‘chmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda so‘rovnoma to‘ldirib, BHMning 0,5 baravarini to‘lash lozim. Natijalar quyidagi shakldagi maʼlumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi.

Maʼlumotnomada:

  • ko‘chmas mulkka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi o‘zgartirishlar);
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;
  • huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 15-avgustdan kuchga kirgan.

Bundan oldin Toshkent viloyatida 4 176 ta ko‘chmas mulk manzili o‘zgargani, Toshkent viloyatida prezident sovg‘asi sifatida berilgan uy boshqa shaxsga rasmiylashtirilgani, O‘zbekistonda 3 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »