Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning to‘qqiz oyi davomida 24 185 ta xonadonli 602 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Akbarjon Nig‘matov maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, uylar qurilishi ko‘payishi Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona va Navoiy viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tahlillarga asosan qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarning qavatliligi oshib bormoqda o‘tgan yilda qurilgan uylarning o‘rtacha qavatliligi 5 qavatni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda ko‘rsatkich 7 qavatga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bilan birga, Kadastr agentligining maʼlumotiga asosan 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida birlamchi bozordagi (dasturlar va undan tashqari) sotilgan xonadonlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 162 foizga o‘sgan.

2023-yilning may—sentyabr oylarida subsidiya bo‘yicha 29 ming 485 tasiga ijobiy xulosalar taqdim etilgan. Bugungi kungacha, ipoteka kreditlari bo‘yicha jami 10 ming 537 nafar fuqaroga 337 mlrd so‘mlik subsidiya mablag‘lari to‘lab berildi.

Avvalroq prezident qarori bilan ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlar mulkdorning qarzdorligi yo‘qligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanishi, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan faoliyatini amalga oshirish jarayonida tegishli mulkdorlarning huquqlari buzilishini oldini olish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga qo‘shimcha vakolatlar berilishi haqida xabar berilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »