Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda uy-joy qurilish obyektlarining 70 foizi seysmik barqaror emasligi, bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida so‘z borgani haqida xabar berilgandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov seysmik barqaror bo‘lmagan 70 foiz qurilish obyektlari bu — aholi tomonidan qurib olingan uy-joylar ekanini maʼlum qildi.

Sherzod Hidoyatov. 
Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov
Men Ommaviy axborot vositalari vakillaridan bu holatni talqin qilishda xato qilmaslikni iltimos qilaman, sarlavhada noto‘g‘ri yozilyapti, xabarning ichiga kirganda esa to‘g‘ri. Masalan, “Daryo” ham, boshqa saytlar ham to‘g‘ri yozgan. Qarorda yakka tartibda qurilgan uylar deyilmoqda, bu nima degani? Bu odamlarning o‘zi qurib olgan uchastkalar degani, — deydi vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov tarmoqlarda tarqalgan maʼlumotlarni izohlar ekan.

Vazir o‘rinbosarining taʼkidlashicha, o‘zbekistonliklar o‘zi yashash uchun uy qurayotgan paytda loyihachi bilan emas, qurilishda ishlagan, tajribasi bor quruvchi maslahati bilan quradi.

Uylarning loydan yoki g‘ishtdan ko‘tarilgani emas, qurilayotgan uyini geologiya qilmagan, yerning qattiqligi, cho‘kish masalalari o‘rganilmagan. Imkoniyati boricha, odamlarimiz o‘zining topganidan amallab uchastkasini ko‘tarib olgan. Qarorda aynan shu ularning zilzilabardoshliligi yo‘q, mavhum deb berilmoqda. Lekin O‘zbekistonda qurilayotgan barcha ko‘p qavatli uylar nazoratimiz asosida quriladi. Ularning zilzilabardoshliligi tekshirilgan va talabga javob beradi. Ruxsatsiz qurilgan va tekshirilmagan uylar kadastr qilinmaydi. Bu degani — u yerda hech kim yashay olmaydi degani, — deydi masʼul.

Vazirlik vakilining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda ikki qavatdan (12 metr) yuqori bo‘lgan uy-joylar qurilishi tasdiqlangan loyiha asosida quriladi va bu masʼullar nazoratida bo‘ladi.

“O‘zshaharsozlikLITI” DUKda bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan Shuhrat Hoshimovning aytishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori orqali tarqalgan axborotga ishonch yo‘q.

Shuhrat Hoshimov.
Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov
Binolarni texnik ko‘rikdan o‘tkazmasdan turib, uning seysmik barqaror ekani yoki barqaror emasligi haqida xulosa berib bo‘lmaydi. Masalan Sizning sog‘lig‘ingiz haqida maʼlumot olmay turib, kasal yoki sog‘lig‘ingiz zo‘r deyolamanmi? Siz shifokorga borib, diagnostikadan o‘tkaningizdan so‘ng sog‘lig‘ingizga baho berishimiz mumkin. Shunga o‘xshab, bing bo‘yicha ham texnik ko‘rik bo‘lgach, xulosa qilish mumkin. Xavotirga o‘rin yo‘q, — deydi Shuhrat Hoshimov.

Shuhrat Hoshimovning jurnalistlarga tushuntirishicha, 70 foiz qurilish obyektlari, xoh u odamlarning o‘zi qurgan uy bo‘lsa ham, ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazmasdan turib, shunday maʼlumot tarqatilgan. Bu esa axborotning aniqligiga shubha uyg‘otadi.

Raqamlardagi binolarni tekshirish uchun qancha vaqt kerak, o‘ylab ko‘ring, yana bir marta aytaman, tekshirmasdan turib, unga baho berib bo‘lmaydi. Bu umuman noto‘g‘ri, — deydi u.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov Shuhrat Hoshimovning gapini to‘ldirar ekan, Vazirlar Mahkamasining qaroridagi maʼlumot taxminiy hisob-kitoblar bo‘yicha olinganini tasdiqladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »