Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyul kuni “Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon hamda “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha huquqiy eksperimentni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi “Daryo”ga maʼlum qildi.

Infografika: Toshkent shahar hokimligi 

Maʼlum qilinishicha, mazkur hujjatlar ijrosini taʼminlash orqali Toshkentni yashash uchun qulay bo‘lgan dunyoning top-50 ta shaharlaridan biriga aylantirish rejalashtirilgan. Hozirda u 157-o‘rinda.

Aholi sonining o‘sishini inobatga olgan holda, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich hozirgi 2,8 milliondan 3,8 millionga yetishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, prezident farmoni va qarorida Toshkent shahrida yangilanishlar va o‘zgartirish amalga oshiriladigan 6 ta asosiy yo‘nalishini belgilab berilgan.

  1. Yo‘llar
  2. Turizm
  3. Ekologiya
  4. Renovatsiya va qurilish
  5. Kommunal xo‘jalikni rivojlantirish
  6. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi

Toshkent yo‘llari

Infografika: Toshkent shahar hokimligi 

Shaharda qulay harakatlanish, shuningdek, poytaxtda tirbandliklarning kamaytirish maqsadida, 1000 kilometr ichki yo‘llar taʼmirlanadi. Bundan tashqari, shahar bo‘ylab qo‘shimcha 16 ta ko‘prik rekonstruksiya qilinadi, 170 kilometr veloyo‘laklar quriladi va “Aqlli chorraha” dasturi doirasida 600 dan ortiq svetoforlar o‘rnatiladi.

Shahar bo‘ylab avtomobillarda qulay harakatlanishni yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan 6 ta metro bekati yaqinida ko‘p qavatli avtoturargohlarning qurilishi hamda shaharning jadal transport oqimiga ega 3000 o‘rinli parkomatlarning o‘rnatilishi taʼminlanadi.

Shunindek, transport infratuzilmasini mustahkamlash maqsadida, transport bilan qamrab olish 30 foizdan 60 foizgacha oshadi. Qo‘shimcha 1 200 elektrobusning xarid qilinishi elektr dvigatelda harakatlanadigan transport ulushini 50 foizgacha oshiradi (hozirgi ko‘rsatkich – 17 foiz). Bundan tashqari “Do‘stlik” metro bekatidan Yangi Toshkent tumanigacha 115 ming yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan yerusti metro yoki tramvay tarmog‘i quriladi.

Renovatsiya va qurilishi

Infografika: Toshkent shahar hokimligi 

Poytaxtni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi dasturi doirasida aholi uchun arzon uy-joylar dasturi amalga oshiriladi. Bunda 2030-yilgacha Toshkent shahrida 230 mingta zamonaviy va arzon uy-joy quriladi, 1,7 ming xonadon rekonstruksiya qilinadi.

Bundan tashqari, yangi turar joy majmualari qurilishi “aqlli” shaharsozlik tamoyiliga asoslanadi. Bu esa rivojlanish hajmiga mos ravishda ijtimoiy infratuzilmani yaratishni nazarda tutadi. Mazkur tamoyilga ko‘ra, qurilayotgan turar  joy majmualari barcha zarur infratuzilma, jumladan, elektr va suv taʼminoti tizimlari, suv oqova va boshqa kommunal tarmoqlar, shuningdek, bolalar bog‘chalari, maktablar va boshqa ijtimoiy obyektlar bilan taʼminlanadi.

Ijtimoiy infratuzilma ham o‘zgartiriladi ­ poytaxtda 2 ta ko‘p tarmoqli 450 o‘rinli shifoxona quriladi. Shuningdek, 35 ta yangi poliklinika qurilishi, 65 ta tibbiyot muassasasini kapital taʼmirlash hisobiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hajm 3 barobar oshiriladi.

Toshkent shahrida taʼlim sohasining yangilanishi yoshlarning oliy o‘quv yurtlaridagi o‘rinlar bilan taʼminlashni 47 foizdan 60 foizgacha yetkazish, umumtaʼlim maktablaridagi o‘rinlar sonini uchdan birga (430,1 ming o‘ringacha) oshirish va 115 ta maktabda kapital taʼmirlashni amalga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek nomidagi zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, kutubxonalar, sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar va BigData bilan ishlash markazlarini o‘z ichiga olgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi “Isteʼdodlar maktabi”ni qurish rejalashtirilgan.

Renovatsiya dasturidan 50 ming o‘ringa mo‘ljallangan 400 dan ortiq bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, mavjud 240 ta bog‘chani kapital taʼmirlash ham ko‘zda tutilgan. Bu MTTlar o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojini 100 foiz (hozirgi ko‘rsatkich 77,1 foiz) taʼminlaydi.

Shaharni kengaytirish va innovatsion maʼmuriy markaz va turar joy massivlarini barpo etish doirasida 2030-yilgacha zamonaviy shaharsozlik, qulay yashash va dam olish hududi bo‘lgan “Yangi Toshkent” loyihasi amalga oshiriladi.

Kommunal xo‘jalik

Infografika: Toshkent shahar hokimligi 

Dastur doirasida 100 dan ortiq mahalladagi ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 800 kilometr suv tarmoqlarini yotqizish, 185 kilometr suv tarmoqlarini yangilash va uning hududidagi quduq va gidrantlarni yangilash hisobiga mavjud suv taʼminoti muammosi hal etiladi. Bu ichimlik suvi sifati oshishiga ham xizmat qiladi.

Infratuzilmani yangilash va modernizatsiya qilish orqali shaharni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan energiya taʼminoti tizimi ham yangilanadi va mustahkamlanadi. Mavjud 8 500 kilometr elektr tarmoqlarining 5 000 kilometri almashtiriladi yoki qayta tortiladi. Shuningdek, 4 500 ta elektr uskuna (elektr ustunlari), mavjud 4 000 transformatordan 1 600 tasi almashtiriladi yoki yangidan o‘rnatiladi.

Issiqlik taʼminoti tizimi 181 ta tizim obyektlarini modernizatsiya qilinadi, 1 500 km issiqlik tarmoqlarini yangilash va issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotish darajasini 25 foizga kamaytirishni o‘z ichiga oladi.

Qulay va xavfsiz shaharni yaratish dasturi, shuningdek, videokuzatuv tizimlarini yaratish, chorrahalarni intellektual boshqarish, binolar fasadini rekonstruksiya qilish va reklama konstruksiyalarini o‘rnatishni tartibga solishni o‘z ichiga oladi.

Turizm

Infografika: Toshkent shahar hokimligi 

Bugungi kunda Toshkent shahrida 23 234 o‘rinli 297 ta mehmonxona ro‘yxatga olingan. 2030-yilgacha shaharning turistik salohiyatini rivojlantirish maqsadida poytaxt mehmonxonalaridagi o‘rinlar soni 38,5 mingtaga yetkaziladi, qo‘shimcha 200 dan ortiq turistik obyektlar quriladi.

Toshkent shahridagi turistik o‘rinlar sonini kengaytirish bilan birga, Toshkent shahrining turizmni rivojlantirish dasturi doirasida shahar sirki rekonstruksiya qilinadi, hunarmandlar ko‘chasi, tarixiy-badiiy muzey barpo etiladi.

Toshkent shahrining turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida sayyohlar (mahalliy va xorijiy) sonini 5,2 million kishidan 27,5 million kishiga oshirishdan iborat bo‘ladi.

Ekologiya

Infografika: Toshkent shahar hokimligi 

Poytaxtni kelgusi 7 yilga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturida shaharning ekologik holatiga alohida eʼtibor qaratilgan. Dasturda kamida 1 million tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish, shuningdek, 32 ta mavzuli bog‘lar va sayilgohlarni barpo etish hamda butun shahar bo‘ylab 30 ta yashil maydon va xiyobonlarni barpo etish nazarda tutilgan, bu esa Toshkent shahridagi yashil hududlar maydonini 900 gektardan 5000 gektargacha oshirish imkonini beradi.

Yangi Toshkent hududida umumiy maydoni 35 gektar bo‘lgan sunʼiy ko‘l va 50 gektar maydonli akvapark, istirohat bog‘lari tashkil qilinishi shaharda mikroiqlim yaratishga ko‘maklashadi.

Aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi

Infografika: Toshkent shahar hokimligi 

Aktivlarni samarali boshqarish, shuningdek, jahonning yetakchi poytaxtlari tajribasiga asoslangan yangi yondashuv Toshkent shahrida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti hajmini 2030-yilga borib hozirgi 178,9 trillion so‘mdan 500 trillion so‘mgacha, jon boshiga 4,6 ming dollardan 9 ming dollargacha oshirish imkonini beradi. Bunday imkoniyat shahar resurslaridan foydalanishning yangi usullari, shuningdek, eksport, investitsiyalar, sanoat sektori va boshqa sohalar kabi ko‘rsatkichlarni oshirish hisobiga vujudga keladi.

Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalariga investitsiyalar hisobidan jalb qilingan 40 milliard dollarlik (2023-yilda 2,9 milliard dollarga nisbatan) loyihalarning amalga oshirilishi eksport hajmini 4 milliarddan 7,5 milliard dollargacha oshirish imkonini beradi. Shuningdek, sanoatning ulushi 122,8 trillion so‘mdan 300 trillion so‘mga oshishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida shahar aktivlari va ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash obyektlarini boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, shahar hokimligi oldiga qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishish uchun Toshkent shahar hokimligi huzurida davlat va tadbirkor o‘rtasida asosiy yo‘nalishlarda “ko‘prik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest” kompaniyasi tashkil etiladi.

Xususan, kompaniya zimmasiga:

  • davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning yangi tizimini joriy etish;
  • qurilish, kommunal va shahar mulkini boshqarish; xususiy investorlar bilan birgalikda amalga oshirish uchun ruxsatnomalar va loyiha hujjatlari bilan birgalikda “tayyor biznes” loyihalarini tayyorlash;
  • davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish, shahar mulkini boshqarish va samaradorligini oshirish; kompaniya hisobotlarini xalqaro standartlarga muvofiq yuritish;
  • ISO, ERP, SAP tizimlarini joriy etish yuklatiladi.

Maʼlum qilinshicha, Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi amalga tatbiq etilsa, shahar dunyo poytaxtlari reytingida yangi bosqichga chiqadi.

Izoh

Quvondiqov Oxun

27.07.2023, 23:35

7 yilda bemalol bo‘la oladi bundan yetti yil oldin misol uchun biz yashamaganmiz bizda na havo bo‘lgan na kislorod mana ollohga shukr bugun 38 mlrd tashqi qarz yiliga sinib borayotgan inflatsiya mamlakat to‘la korrupsiya bn biz bunga erishamiz vallohu a‘lam

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »