Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 22-dekabr 9:36 da dunyoning yirik shaharlari orasida 4-o‘ringa chiqdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

IQAir portaliga ko‘ra, soat 09:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 262 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “juda zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Reytingda 1-o‘rinni Bangladeshning Dakka shahri egallagan — PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 349 mkg/m3. Hindistonning Dehli shahri 2-pog‘onada — 336 mkg/m3. Uchlikka Pokistonning Lahor shahri yakun yasadi — 266 mkg/m3.

Skrinshot: IQAir 

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi joylashgan Yunusobod tumanida havodagi dispers zarralarning konsentratsiyasi 335 mkg/m3 ga chiqqanini ko‘rish mumkin — bu “xavfli” toifa hisoblanadi.

Skrinshot: IQAir 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.

Eslatib o‘tamiz, 11-sentyabr kuni soat 15:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosi dunyoning yirik shaharlari orasida ifloslanish reytingida 7-o‘rinni egallagandi. Sanepidqo‘mita changli havoda qilish kerak bo‘lgan qator tavsiyalar bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »