Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy asr boshidan beri respublikada uchta yilning fevral oylarida eng sovuq havo harorati kuzatilgan. Bu haqda “O‘zgidromet” maʼlumot berdi.

Infografika: “O‘zgidromet”

Iqlimiy tahlillar 2008, 2012 va 2014-yillarning fevral oylarida eng sovuq havo harorati kuzatilganini ko‘rsatgan. Bunda o‘rtacha oylik harorat meʼyordan 4–8 darajaga past bo‘lgan. Minimal havo harorati 12–17 daraja sovuqqacha, shimolda 24–29 daraja sovuqqacha pasaygan.

“O‘zbekiston hududining katta qismida bu sovuqlar tarixiy kuzatuv qatorlari uchun eng past ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanganda nisbatan kuchsiz bo‘ldi. Bunday kuchli sovuqlar so‘nggi yillarda fevral oyida kuzatilmadi. Faqat Surxondaryo viloyatida 2014-yil fevral oyida minimal havo harorati 20–22 daraja sovuqqacha pasaydi. Bu esa barcha kuzatuv yillari uchun minimal harorat rekordini yangiladi”, — deya maʼlum qildi “O‘zgidromet”.

O‘rganishlar respublika hududining katta qismida eng ko‘p yog‘ingarchilik fevral oyida kuzatilganini ko‘rsatgan. Ammo 2016-yilning fevrali eng quruq oy sifatida kechgan va barcha hududlar bo‘yicha yog‘ingarchilik oylik meʼyordan 20 foizga kam bo‘lgan. Respublikada 2010-yil fevral oyi yog‘ingarchiliklarga boy o‘tgan va oylik yog‘inlar meʼyordan 200–300 foizgacha yetgan.

“Tekislik hududlarida fevral oyida yog‘ingarchilik asosan aralash (yomg‘ir, qor) ko‘rinishda bo‘ladi. Ammo qor qoplami kamroq shakllanadi. Qor qoplami bilan kuzatilgan eng uzun davr 2008-yil fevral oyida kuzatildi. Qor qoplami kuzatilgan kunlar soni 20–25 kunni, janubiy hududlarda 8–15 kunni tashkil etgan”, — deya qayd etgan “O‘zgidromet”.

Eng issiq fevral oylari esa 2004, 2016 va 2021-yillarda kuzatilgan va o‘rtacha oylik harorat iqlimiy meʼyordan 3–6 darajaga yuqori bo‘lgan. Ayrim davrlarda harorat 22–27 daraja iliqqacha, janubda 28–30 daraja iliqqacha ko‘tarilgan. Respublika hududining katta qismida 2016-yil fevral oyida O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori maksimal harorat bo‘lgan.

Prognozlarga ko‘ra, joriy yilgi fevral oyi odatdagidan iliqroq kelib, yog‘ingarchilik ham meʼyorida bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »