Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi o‘tgan 104 yil davomida 32,4 million kishiga ko‘paydi.

 

Bundan 104 yil avval — 1920-yilda mamlakatda 4,4 million odam yashagan. Oradan 10 yil o‘tib, bu ko‘rsatkich (1930-yilda) 4,9 million kishiga yetgan.

Respublikada 1940-yilda 6,6 million odam istiqomat qilgan. Keyingi 10 yillikda (1950-yilda) aholi soni 400 ming kishiga kamayib, 6,2 million kishini tashkil etgan. 

1960-yilga kelib doimiy aholi soni 8,4 million, 1970-yilda 11,8 million, 1980-yilda 15,8 million kishiga yetgan. Shundan keyingi 10 yillikda ham sezilarli demografik o‘sish kuzatilib, 1990-yilda mamlakat aholisi 20,2 million nafar bo‘lgan.

O‘zbekiston aholisi 2000-yilda 24,5 million kishini, 2010-yilda 28 million kishini tashkil etgan. Va 2020-yilgacha bo‘lgan davrda respublika aholisi ilk bor 30 million kishidan oshgan. Xususan, 2020-yilda 33,9 million kishi mamlakatning doimiy aholisi sifatida ro‘yxatga olingan.

So‘nggi to‘rt yillik demografik o‘sishlarga nazar tashlansa, 2021-yilda aholi soni 34,5 million, 2022-yilda 35,3 million, 2023-yilda 36 million bo‘lgan. Respublikada 2023-yilda aholi 775 ming kishiga ko‘payib, 2024-yil 1-yanvar holatiga 36,8 million kishini tashkil etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »