Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Statistika agentligi mamlakat aholisining 2023-yildagi demografik holati bo‘yicha press–reliz eʼlon qildi.

Infografika: Statistika agentligi

Maʼlum qilinishicha, o‘tgan yilning yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 17 336 kishini tashkil etdi. Shundan 8 270 nafari (47,7 foiz) erkaklar, 9 066 nafari ayollar (52,3 foiz).

Respublikadan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (81,1 foiz), Rossiya (15,4 foiz), Janubiy Koreya (0,6 foiz), Qirg‘iziston (0,5 foiz), Turkmaniston (0,2 foiz) va boshqa mamlakatlar (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, yil davomida O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 2 955 kishini tashkil etdi. Shundan 1 473 nafari erkaklar (49,8 foiz), 1 482 nafari (50,2 foiz) ayollar.

Agentlik hisob–kitobida 2023-yilning yanvar–dekabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha ko‘chib ketganlar soni 233 200 kishini tashkil etgan. O‘tgan yilda respublika bo‘yicha ko‘chib ketganlardan 81,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar hisoblanadi. Shu bilan birga, 10,1 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 8,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »