Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mamlakatda 2023-yilda nikohdan ajralishlar soni 2022-yildagiga nisbatan ko‘proq bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Infografika: Statistika agentligi

Agentlik tahliliga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar dekabr oylarida jami 49 200 ta oila nikohdan ajrashgan. Shundan 29,9 ming oila shahar, 19,3 mingtasi qishloq aholisidir.

Bunda farzandsiz nikohdan ajralishlar soni 24 576 tani (jami ko‘rsatkichning 50 foizi), bir nafar farzand bilan ajralishlar 13 610 tani (27,7 foiz), ikki va undan ortiq farzand bilan nikohdan ajralishlar 11 12 tani (22,3 foiz) tashkil etgan.

Nikohdan ajrashgan erkaklar o‘rtacha 37,2 yosh, ayollar esa 32,8 yosh bo‘lgan. Eng katta ulush 35 yoshgacha bo‘lgan ajralayotgan ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan, yaʼni mazkur yoshdagilar jami nikohdan ajrashganlarning 62,5 foizini tashkil etgan.

Infografika: Statistika agentligi

Nikohdan ajralishlarning o‘sish surʼati eng yuqori darajasi Andijon, Xorazm, Farg‘ona, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilgan.

2023-yilda nikohdan eng ko‘p ajralganlar Toshkent shahrida qayd etilgan — 6 169 ta. Keyingi yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona (5 773 ta) va Andijon (5 480 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

Maʼlumot uchun, 2020-yilda respublikada nikohdan ajralishlar soni 28 200 tani, 2021-yilda 39 300 tani, 2022-yilda 48 700 tani tashkil etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »