Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublikada 2024-yil uchun minimal isteʼmol xarajatlari (MIX) miqdori 568 ming so‘mdan 621 ming so‘mgacha (9,3 foizga) oshirildi.

Foto: “Daryo” Madina Nurman

Jahon tajribasida MIX ko‘rsatkichidan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, kambag‘al oilalarga beriladigan moddiy yordamlarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi. Ayni paytda O‘zbekistonda ayrim turdagi pensiya va nafaqalar miqdori MIX miqdoridan pastroq.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, MIXning oshirilishi ortidan qator pensiya va nafaqalar miqdorlari ham kamida shu summaga (621 ming so‘mga) yetkazilishi kerak.

“Bular — ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori. Shuningdek, xususiy sektorda ishlaydigan ayollar uchun “dekret puli” minimal isteʼmol xarajatlariga mos ravishda indeksatsiya qilinishi kerak”, — deya fikr bildirdi iqtisodchi.

Hozir mamlakatda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori oyiga 608 000 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek:

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 608 000 so‘m;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 608 000 so‘m etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun — 212 000 so‘mdan qo‘shilsin;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 608 000 so‘m.

Maʼlumot uchun, bundan avvalgi minimal isteʼmol xarajatlari miqdori 2023-yilning iyul oyida 498 ming so‘mdan (2022-yildagi) 568 ming so‘mga oshirilgandi. 2021-yilda esa MIX ko‘rsatkichi 440 ming so‘mni tashkil etgan. 

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida 2024-yilda ish haqi, pensiya, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishini ma’lum qilgan.

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunda joriy yilgi ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek, ayrim xizmatlar turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun qo‘shimcha 9,5 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Xususan, 2024-yilda Pensiya jamg‘armasiga 16 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »