Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublikadagi barcha pensionerlarga 2024-yil yanvar oyi uchun pensiya mablag‘lari to‘liq to‘lab berildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, 5-yanvar kunigacha Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 3,9 million nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar tijorat banklariga to‘landi.

“O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 2,9 million nafar (yoki jami oluvchilarning 74 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi taʼminlandi. Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi jamg‘arma xabarida.

Maʼlumot uchun, 2023-yil 1-aprel holatiga pensiya oluvchilar 3,8 million nafarni tashkil etgandi. Joriy yil yanvariga kelib, ularning soni 3,9 million nafarga yetgani maʼlum bo‘ldi.

Avvalroq Pensiya jamg‘armasi davlat pensiyalarining barcha turlari uchun yillik 53,5 trillion so‘m to‘lanayotganini maʼlum qilgandi. Bunda bir oylik o‘rtacha xarajatlar miqdori qariyb 4,5 trillion so‘mni tashkil etadi.

Ayni paytda yoshga doir eng kam pensiya miqdori 725 ming so‘m, nogironlik pensiyasi miqdori 800 ming so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvariga qadar Pensiya jamg‘armasi tasarrufida nafaqalar to‘lovi ham bor edi. 2023-yil 1-iyundagi prezident farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi:

  • yoshga oid nafaqa;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
  • 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
  • kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
  • kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;
  • farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“suyunchi puli”);
  • dafn qilish uchun nafaqa (“dafn puli”).

Bunda ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko‘rib chiqish, tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Farmon bilan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ham agentlik tasarrufiga o‘tkazilishi belgilangan. Aholiga ko‘rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‘yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »