Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Endilikda bir qator ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
 

O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 1-iyundagi farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi:

  • yoshga oid nafaqa;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
  • 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
  • kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
  • kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;
  • farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“suyunchi puli”);
  • dafn qilish uchun nafaqa (“dafn puli”).

Bunda ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko‘rib chiqish, tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Farmonga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni taʼminlaydi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalar bo‘yicha ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqadi.

Avvallari O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida xizmatlarni ko‘rsatish bir necha tashkilotlarga yuklatilgandi. Endilikda bosqichma-bosqich ijtimoiy himoya masalalari agentlik tasarrufiga o‘tadi. Farmonda shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ham agentlik tasarrufiga o‘tkazilishi belgilangan.

Maʼlumot uchun, aholiga ko‘rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‘yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »