Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayrim holatlarda fuqarolarda bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olish uchun huquqi paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda fuqarolarga qanday pensiya tayinlanadi?

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pensiya jamg‘armasining maʼlum qilishicha, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

“Yaʼni agar fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiyani olish uchun huquq paydo bo‘lganda, yuqoridagi qonun moddasiga asosan fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin bo‘ladi”, — deya eslatib o‘tdi jamg‘arma.

Avvalroq yoshga doir pensiyaga muddatidan avval chiqish borasida maʼlumot berilgandi. Unga ko‘ra, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqargani yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar:

erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

Qonunchilikka binoan, yoshga doir pensiyaga erkaklar 60 yoshda, ish staji kamida 25 yil bo‘lganda chiqishi mumkin. Ayollar esa 55 yoshda, ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda shunday turdagi pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »