Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasi uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun kompensatsiya puli davlat tomonidan kimlarga berilishini eslatib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Moliya vazirligining 2010-yildagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, quyidagi shaxslar pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi hisobida (372 ming so‘m) oylik kompensatsiya pul to‘lovlarini oladi:

  • 1941 – 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilganlar;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensiya yoki nafaqa oluvchilar;
  • Sovet Ittifoqi qahramonlari, sotsialistik mehnat qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;
  • fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;
  • Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;
  • ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;
  • yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar.

Shu bilan birga, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan pensiya hamda nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi hisobida qo‘shimcha to‘lov belgilangan.

Jamg‘armaning eslatishicha, kompensatsiya puli uni olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanadi.

“Soliq kodeksi”ga muvofiq, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va ish haqi (pensiyalar, nafaqa) to‘lanadigan muddatlarda to‘lanadi. Bunda, kompensatsiyalar har oyda korxona shtatida turgan har bir xodimga ish joyida, pensionerlarga va nafaqa oladigan nogironligi bo‘lgan bolalar hamda nafaqa oladigan pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, mehnatga qobiliyatsiz keksa fuqarolarga pensiya (nafaqa) olish joyida to‘lanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »