Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati rahbariyati o‘z jamoasiga korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan xodimlar javobgarlikka tortilishini eslatib, murojaat qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, tovlamachilik va poraxo‘rlik illatlari jamg‘arma faoliyatida hamon uchramoqda.

“Bugungi kunda loqaydlik, befarqlik, ikkiyuzlamachilik, tovlamachilik, firibgarlik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik, poraxo‘rlik kabi illatlar Pensiya jamg‘armasi tizimida ham hali-hamon uchrayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Sohada korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati tomonidan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda”,— deya qayd etgan jamg‘arma.

Murojaatda korrupsiya xavfini baholash, xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘qitish va ularning malakasini oshirish tizimi joriy etilgani ham eslatilgan.

“Korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan xodimlar o‘zining mavqei va egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Pensiya jamg‘armasining ichki idoraviy hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Jamg‘armaning har bir xodimi korrupsiyaviy harakat sodir etilganiga doir ishonchli va asosli maʼlumotlar mavjud bo‘lganda Pensiya jamg‘armasi rahabriyatiga, hududiy boshqarma yoki tuman (shahar) bo‘limi rahbariga hech qanday to‘siqsiz murojaat qilishi shart”, —deya ogohlantirgan jamg‘arma.

Qo‘shimcha qilinishicha, nomzodlarni ishga qabul qilishda ularning shaxsiy va kasbiy sifatlari, ochiqlik, adolat va xolislik prinsiplari asosida tanlov bo‘yicha saralash korrupsyaga qarshish kurashishning asosiy mezonlaridan sanaladi. 

Jamg‘armaga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan korrupsion holatlarga doir murojaatlar to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi taʼminlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »