Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Xalq banki” xodimi 750 million so‘m pensiya pullarini qimor o‘ynab, yutkazib qo‘ygan. Bu haqda bank raisining o‘rinbosari Farrux Ro‘ziyev korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Farrux Ro‘ziyev
Foto: “Xalq banki”

Farrux Ro‘ziyevning aytishicha, bank tizimida pensiya pullarini tarqatish sohasida talonchilik holatlari uchrab turadi.

“Bugungi kunda pensiyalarning 30 foizi naqd pulda to‘lanadi. Pensiya tarqatuvchi aksariyat xodimlar yoshlardan iborat. Yoshlar o‘rtasida 1Xbet (onlayn qimor — tahr.) degan balo paydo bo‘lgan. Pensiya tarqatuvchi yosh xodimning qo‘liga 100—200 million so‘m beriladi. U pullarni mahallaga olib borib, pensionerlarga tarqatishi kerak.

Bir yosh yigit institutda ham o‘qimagan, kollejni bitirgan (kassir lavozimiga oliy maʼlumot talab etilmaydi). Voqea qaysi hududda bo‘lganini aytmay qo‘ya qolay. O‘sha yigit 1Xbet o‘ynab, 750 million so‘m pensiya pullarini yutqazib qo‘ydi. Qisqa muddatda. Yaʼni u boshqa kassirlarning pensionerlarga to‘lashi kerak bo‘lgan pullarini olib, ularnikini ham o‘zi tarqatishiga ishontirgan.

Yig‘ilgan pullar 750 million so‘m bo‘lgan. Keyin 1Xbet o‘yiniga tikkan va yutqazgan. Otasi bechora farzandining orqasidan shunaqangi yugurdiki, hatto bolasi yuqazgan pulni “uyimni sotib to‘layman”, dedi. O‘zi nogironligi bor, yashab turgan hovlisi bo‘lgan. O‘shani sotib, to‘lashini aytgan. U uyni ham 400 million so‘m atrofida baholashgan. Oxiri haligi ota majbur bo‘ldi, pulni to‘lay olmadi, o‘g‘li qamalib ketdi. Shu kabi holatlar aniqlanganda biz prokuratura departamentiga murojaat qilamiz. Keyin kassirlar uchun shu kabi holatlar bo‘yicha alohida targ‘ibot ishlarini olib bordik. Bunday qilmish oqibati nimalarga olib kelishini tushuntirdik. Hozirda 1Xbet degan balo ancha kamaydi”, — dedi rais o‘rinbosari.

Farrux Ro‘ziyevning qo‘shimcha qilishicha, tizimda korrupsion holatlar asosan ijtimoiy yo‘nalishdagi kreditlar ajratishda uchramoqda. Ikkinchidan, pensiyalarni (naqd pul shaklida) tarqatishda ham o‘g‘irlik va firibgarlik holatlari mavjud.

Avvalroq Sirdaryodagi “Xalq banki” filialida 3,8 milliard so‘m talon-toroj qilingani aniqlangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »