Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2024-yilda 2 million aholi tadbirkorlikka jalb etiladi. Hujjat bilan aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Respublika komissiyasi (Jamshid Qo‘chqorov) 2023-yil 15-dekabrga qadar:

  • hududlar va davlat dasturlari yo‘nalishlari kesimida 2024-yilda 2 million aholini tadbirkorlikka jalb qilishning maqsadli ko‘rsatkichlarini;
  • “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyatining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha batafsil chora-tadbirlarni (tarmoq jadvallarini) tasdiqlaydi.

Respublika komissiyasi aʼzolari bir oy muddatda o‘zlari biriktirilgan hududda har bir tuman va shaharga chiqqan holda, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv seminarlarini tashkil qiladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Vafoyev) bir oy muddatda “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga jami 300 million dollar miqdorida, shu jumladan:

  • 75 million dollar “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning ustav kapitalini oshirishga;
  • 225 million dollar subordinar qarz sifatida 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada mablag‘lar ajratadi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 4-sentyabrdagi qarori bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Biznesni rivojlantirish banki” tashkil etilgandi. Bank tomonidan vakolatli banklar bilan birgalikda kichik biznes loyihalari uchun qulay shartlarda 7 yilgacha bo‘lgan muddatlarda kreditlar ajratiladi.

Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davomida kichik tadbirkorlar “oyoqqa turib olishi” va faoliyatini kengaytirishi uchun mutlaqo yangi yondashuvlar joriy qilinishi, buning uchun, eng avvalo, “Qishloq qurilish bank” “Biznesni rivojlantirish banki”ga aylantirilishini aytgandi. Prezident ushbu yangi bankning faoliyati ham, ishlash uslubi va moliyalashtirish mexanizmlari ham yangicha bo‘lishini ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »