Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasi yoshga doir nafaqa haqida maʼlumotlarni taqdim etdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

O‘zbekistonda yoshga doir nafaqa davlat pensiyasi 7 yildan kam ish staji mavjud bo‘lgan shaxslarga tayinlanadi.

Ushbu turdagi nafaqa erkaklarga 65 yoshdan, ayollarga 60 yoshdan beriladi. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga 55 yoshdan yoshga doir nafaqa tayinlanadi.

Yoshga doir nafaqa qonun hujjatlarda belgilangan miqdorlarda tayinlanadi. Hozirgi kunda zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 608 000 so‘mni tashkil etadi. Yoshga doir nafaqa yoshga doir pensiyadan farqlanadi va bu ikki atama bir xil tushuncha emas,—deya maʼlum qildi jamg‘arma.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-dekabr kunidan O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga oshirildi. Xususan:

  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
  • nogironlik pensiyasi miqdori - 800 ming so‘m;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchi oilaning bir nafar aʼzosiga 608 ming so‘m va keyingi har bir oila aʼzosiga 212 ming so‘mdan;
  • nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga beriladigan nafaqa, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori - 800 ming so‘m.

Avvalroq bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shichalar kiritilayotgani xabar qilingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »