Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mamlakatda 2023-yil dekabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Qayd etilishicha, jamg‘arma tomonidan joriy yilning noyabr oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,6 million nafar pensiya va nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar 5-dekabr kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq o‘tkazib berildi.

“O‘z navbatida 4-dekabr kunigacha pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,4 million nafar (yoki jami oluvchilarning 74 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi taʼminlandi. Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, pensiya va nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz”,— deyiladi jamg‘arma xabarida.

Maʼlumot uchun, ayni paytda respublikada pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 372 ming so‘m. Yoshga doir eng kam pensiya miqdori 725 ming so‘mni, nogironlik pensiyasi 800 ming so‘mni tashkil etmoqda.

2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, eng yuqori ish haqi bilan pensiya (hisoblangan) tayinlangan fuqarolar 401,9 ming nafarni va eng kam miqdorda pensiya oluvchilar 652,9 ming nafarni tashkil etadi.

Avvalroq Pensiya jamg‘armasi “Daryo”ga bugungi kunda davlat pensiyalarining barcha turlari uchun yillik 53,5 trillion so‘m to‘lanayotganini maʼlum qilgandi. Bunda bir oylik o‘rtacha xarajatlar miqdori qariyb 4,5 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »