Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lovi to‘lagan fuqaroga 1 yillik ish staji hisoblanadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonun bilan erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga to‘lganda va mehnat staji kamida 7 yil bo‘lganda to‘liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qo‘yilgan.

Fuqaro O‘zbekiston prezidentning 2020-yil 8-iyundagi qarorida belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa hamda o‘rnatilgan tartibda o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, BHMning kamida bir barobari miqdorida (340 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘lasa, unga bir yillik ish staji hisoblanadi.

Demak, fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga o‘z-o‘zini band qilgan fuqaro sifatida ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirgan taqdirda, kelgusida pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi —deya maʼlum qildi jamg‘arma.

Hozirgi kunda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori (qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda) oyiga 608 000 so‘mni tashkil etadi.

Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bog‘liq. Yaʼni fuqaro ijtimoiy soliqni qancha ko‘p to‘lasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi.

Ushbu turdagi ijtimoiy soliqni to‘lab mehnat stajiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan fuqarolar o‘z yashash joylaridagi Davlat xizmatlari markaziga va Soliq organlariga bevosita tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »