Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasiga yo‘llangan savollardan birida besh yillik ish stajiga ega fuqaro 55 yoshda pensiyaga chiqmoqchi ekani to‘g‘risida bo‘lgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekistonda yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiya turlari bor. Yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to‘lgach, ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar 55 yoshga to‘lsa, ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladi.

“Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi”––deya ma’lum qildi jamg‘arma. Yaʼni qonunchilikda 5 yillik ish staji bilan pensiya tayinlashga ruxsat berilmagan.

Ma’lumot uchun, pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni yashab turgan joydagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari to‘laydi. Ishlayotgan pensionerlarga esa pensiya ish joyida to‘lanadi.

Hozirda O‘zbekistonda pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 million 839 ming 508 nafarni tashkil qilmoqda. Joriy yilning 1-iyun holatiga ko‘ra:

  • yoshga doir pensiya oluvchilar 3 million 182 ming 617 nafar;
  • nogironlik pensiyasini oluvchilar 426 ming 532 nafar;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar 230 ming 359 nafar.

Prezidentning 2023-yil 17-noyabrdagi farmoni bilan 1-dekabrdan respublikada pensiyalar 7 foizga oshirildi. Yaʼni pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori 725 ming so‘m etib belgilandi. Shu bilan birga, nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so‘m, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 608 000 so‘mga yetkazildi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »