Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda pensiya tayinlash tartibiga bir qator yangiliklar kiritilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Pensiya jamg‘armasi bosh mutaxassisi Baxriddin Ziyatov maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Arizalar onlayn qabul qilinadi”

Joriy yilining 31-oktabrdagi “Aholiga pensiya tayinlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga asosan tizimda bir qator yangiliklar amalga oshirilmoqda. Xususan, qarorga binoan 2024-yil yanvardan boshlab fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qo‘shimcha ravishda davlat xizmatlari markazlariga borgan holda yoki onlayn shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Bunda onlayn ariza qoldirish mumkin bo‘ladi. Tizim murojaatni fuqarodan avtomat ravishda qabul qiladi.

Aytish kerak, 2022-yil iyunga qadar pensiya tayinlash uchun fuqarolardan 14 tashkilotdan 36 tagacha hujjat talab qilingan. Ularni yig‘ishga 6 oygacha vaqt sarflanardi. Bunungi kunda o‘sha maʼlumotlari elektron bazada mavjud bo‘lgan fuqarolardan pensiya tayinlash uchun faqatgina pasport talab qilinadi. Yaʼni hozir bitta pasport bilan pensiya tayinlash uchun murojaat qilish mumkin.

Yangi tartib bo‘yicha esa bu holat yanada takomillashtirilmoqda va onlayn ravishda ariza topshirish imkoni yaratilmoqda. Bu fuqarolarning ovoragarchiliklariga barham beradi. 

Yana bir o‘zgarish haqida

Qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab jamg‘arib borilgan pensiya mablag‘larini Yagona interaktiv davat xizmatlari portali yoki “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.

Hozirda jamg‘arilgan mablag‘larni olish uchun fuqarolarga Pensiya jamg‘armasi tomonidan qog‘oz shaklida sertifikat beriladi. Yangi tartibga ko‘ra, o‘sha qog‘oz sertifikat berish bekor qilinadi va pullarni onlayn shaklda “Xalq banki”ning mobil ilovasidan yoki Yagona interaktiv portal orqali olish mumkin bo‘ladi.

“Pensiya tayinlash avtomatlashadi”

2025-yil 1-martdan boshlab erkaklar 60 yoshga yetganda, ayollar 55 yoshga kirganda pensiyalari avtomatik ravishda (ulardan biror-bir hujjat talab etmagan holda) tayinlanadigan bo‘ladi. Bunda shaxsga oid maʼlumotlarni (fuqaroning yoshi, jinsi, ish staji, oilasi tarkibi...) Adliya, Bandlik vazirliklari va Soliq qo‘mitasining elektron axborot bazalaridan olinadi. Va pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi. Fuqaroga: “sizga pensiya tayinlandi”, degan SMS yuboriladi. Xabarda pensiya miqdori ham ko‘rsatiladi.

Fuqaro 60 yoshga to‘lgach, avtomatik tayinlangan pensiyasidan norozi bo‘lsa, masalan, yana ishlamoqchiligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilishi kerak. Shunda fuqaroning ixtiyori bilan unga tayinlangan pensiya pulini berish to‘xtatib turiladi. Keyinchalik pensiya yana tayinlanishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar fuqarolarga hujjat yig‘ish va Pensiya jamg‘armasiga borib, ovora bo‘lishlarining oldini olish maqsadida qilinmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »