Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasi fuqarolar tomonidan yo‘llangan pensiya turini o‘zgartirishga doir savolga javob qaytardi.

“Yoshim 65 da, II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsman. 30 yildan ortiq ish stajim bor, 2013-yil umrbod II guruh nogironligiga chiqqanman. 2023-yil mart oyida yoshga doir pensiyasiga o‘tgandim.

Hozirda 900 ming so‘m pensiya olaman. Yana qayta nogironlik pensiyasiga o‘tsam bo‘ladimi, tartibi qanday?”, — deya savol bilan murojaat qilgan fuqarolardan biri.

Jamg‘armaning maʼlum qilishicha, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazishda tayinlangan pensiyani to‘lash to‘xtatiladi, qonunchilik bilan qo‘yiladigan ish stajini va oylik ish haqini hisoblash talablarga muvofiq boshqa turdagi pensiya tayinlanadi.

“Pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Yoshga doir pensiyani nogironlik pensiyasiga o‘tkazishda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi”, — deya maʼlumot bergan jamg‘arma.

Qoidaga ko‘ra, qayta nogironlik pensiyasini hisoblashda fuqaroga birinchi marta nogironlik pensiyasi tayinlangan vaqtdagi o‘rtacha oylik ish haqi va ish staji olinadi. Bunda, birinchi marta nogironlik pensiyasini tayinlash vaqtida amalda bo‘lgan qonunchilikda nazarda tutilgan pensiyani hisoblash uchun ish haqi va ish stajini hisoblash shartlari qo‘llangan holda aniqlanadi.

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunda davlat pensiyalarining 3 ta turi borligi belgilangan. Ular:

  • yoshga doir pensiya;
  • nogironlik pensiyasi;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.

Fuqaro pensiya olish huquqi paydo bo‘lganidan so‘ng istalgan paytda Davlat xizmatlari markaziga pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etishi mumkin. Qonunga asosan, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

Yoshga doir pensiya olish huquqi

Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

  • erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
  • ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladi.

Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

Nogironlik pensiyalari

Sog‘lig‘ini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilganlarga, Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilganlarga tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qatʼi nazar, tayinlanadi.

20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qatʼi nazar tayinlanadi.

Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari

Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »