Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasi pensiya qanday hollarda qayta hisoblanishi bo‘yicha tushuntirish berdi.

Foto: “Daryo”

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunning 49-moddasiga asosan, pensiyalarni qayta hisoblash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • pensioner pensiya miqdoriga taʼsir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etganda;
  • nogironlik guruhi o‘zgarganda;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila aʼzolari soni o‘zgarganda;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o‘zgarganda;
  • daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda.

Bundan tashqari, fuqaroga I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanada ko‘rsatilgan uning yoshiga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan huquqlar paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risida ma’lumot berilgandi. Unga ko‘ra, fuqaro pensiya olish huquqi paydo bo‘lganidan so‘ng istalgan paytda Davlat xizmatlari markazlariga pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etishi mumkin. Qonunga asosan, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »