Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga muvofiq, 2024-yil apreldan boshlab, fuqarolar onlayn shaklda bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ariza topshirishlari mumkin. Bunda fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni yuborish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan “Yagona reyestri” AT orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berish huquqi beriladi.

Qarorda belgilanishicha, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Xususan, 2023-yilning dekabr oyidan boshlab bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangandan so‘ng “Yagona reyestr” AT yordamida har oyda oilaning iqtisodiy holati avtomatik ravishda monitoring qilinadi hamda oilaning iqtisodiy holati yaxshilangan (ikkinchi ko‘chmas mulk yoki noturar joy, yangi avtotransport xarid qilgan yoki yuqori ish haqi olishni boshlagan) bo‘lsa, nafaqa to‘lovi to‘xtatiladi.

2023-yil 16-noyabrdan mehnat organlariga murojaat qilgani sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oila aʼzosi 3 oy davomida kasbga tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qimasa, to‘lov to‘xtatiladi. Shuningdek, u ish izlovchi yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olinmasa, ishga joylashmasa, yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kirmasa yoki ishga doir takliflarni muntazam (2 va undan ko‘p) rad qilgan bo‘lsa,  keyingi oydan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi to‘xtatiladi.

Qaror bilan ishlab chiqarilgan muddati 12 yildan oshmagan yengil avtotransport vositasi mavjud oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad etiladi. Bunda, oilada I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron bo‘lsa ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshgan oilaga nafaqa tayinlashni rad etmaslik tartibi saqlab qolinadi.

Oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilgan tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan faqat bitta oila aʼzosi band deb avtomatik belgilanadi.

Fuqaroning chet elda ekani yoki “har bir oila – tadbirkor” faoliyati bilan bandligi elektron maʼlumotlar asosida avtomatik aniqlanadi. Bunda, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan belgilab berish tartibi bekor qilinadi.

Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turgan oila aʼzolaridan bandlik talab etmaslik imtiyozi berilmoqda.

Rasman nikohi bekor qilinmagan aliment to‘layotgan er (xotin) oila tarkibiga kiritilmasligi belgilandi.

Bundan tashqari, 2024-yil 1-martdan boshlab “mahalla yettiligi” tomonidan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olayotgan oilaning nomiga rasmiylashtirilmagan biroq foydalanuvida bo‘lgan avtotransport vositalari, ko‘chmas mulklari hamda chorva mollari ularning arizalarida ko‘rsatgan maʼlumotlarga muvofiqligi joyiga chiqqan holda o‘rganiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »