Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hozirda 2 million 200 ming oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lab kelinmoqda.

Infografika: Pensiya jamg‘armasi 

Pensiya jamg‘armasi yanvar–iyun oylari davomida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yil 1-iyul holatiga umumiy pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 million 470 ming 29 nafarga yetdi. O‘tgan 6 oy ichida 201 ming 216 nafar fuqaroga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi.

Ijtimoiy himoya yagona reyestri orqali 16 ta vazirlik va idoralar bilan 53 turdagi axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun fuqarolardan taqdim etilgan 2,6 millionta arizalar reyestr tizimiga kiritilib, mezonga muvofiqligi avtomatik ravishda ko‘rib chiqilishi va 1,3 millionta oilaga nafaqa va moddiy yordam tayinlanishi taʼminlandi”, —deyiladi jamg‘arma hisobotida.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistonda 2,2 million oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lab kelinmoqda.

Infografika: Pensiya jamg‘armasi 

Jamg‘arma tomonidan pensiyani hisoblash uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobariga oshirilishi natijasida:

  • 371 ming nafar fuqaroning pensiya miqdorlari qayta hisoblandi;
  • 2023-yilda qayta hisoblangan pensiya miqdorlarini to‘lab berish uchun 1,6 trillion so‘m ajratildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »