Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oilada bolalar sonining o‘zgarishi, ularga tayinlangan nafaqa miqdoriga taʼsir qiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi eslatib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, bolalar nafaqasi tayinlangan oilada farzandlar soni o‘zgargan taqdirda nafaqa miqdori bolalarning sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi. Bunda bolalar soni o‘zgarishiga navbatdagi bola tug‘ilishi, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etishi, bola (bolalar) 18 yoshga to‘lishi kabilar kiradi.

Hukumatning 2021-yil 21-oktabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi har oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar to‘lanadi.

“Ushbu mablag‘larni to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda mablag‘ning uchinchi shaxsga ishonchnoma orqali to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Manbaga ko‘ra, joriy yilning iyul oyida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali respublikadagi kam taʼminlangan oilalarga 949,4 milliard so‘m ijtimoiy nafaqa to‘lab berildi.

Avvalroq Pensiya jamg‘armasi bolalar nafaqasi olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga topshirilishi kerakligini maʼlum qilgandi.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashda oilaning har bir mehnatga layoqatli yoshdagi aʼzosini rasmiy daromad manbalarga egaligini aniqlashtirish talab qilinadi. Belgilangan mezonlar asosida oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash yoxud tayinlashni rad etish “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

2021-yil 1-sentabrdan boshlab bolalar nafaqasi to‘lovlarining har oylik miqdori quyidagicha belgilangan:

• 250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun;

• 325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun;

• 150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha;

• 100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda 2 million 200 ming oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »