Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalq tilida “suyunchi” nafaqasi deb ataladigan bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa amaldagi qonunchilikka muvofiq, har bir tug‘ilgan farzand uchun alohida to‘lanadi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pensiya jamg‘armasi bergan maʼlumotlariga ko‘ra, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Yaʼni hozirgi kunda bu miqdor 688 ming 940 so‘mni tashkil etadi.

Prezident farmoni bilan joriy yil 1-dekabr kunidan mamlakatda ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi. Xususan, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 ming so‘mdan 1 million 50 ming so‘mga ko‘tariladi. Bunda “suyunchi” puli miqdori ham 738 ming so‘mga yetadi.

“Suyunchi puli” qanday olinadi?

Hozirda “suyunchi” nafaqasini tayinlash bo‘yicha xizmatlar fuqaro murojaatisiz amalga oshirilmoqda. Yaʼni, bola tug‘ilganda unga beriladigan ism-sharif, otasining ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi barcha maʼlumotlar tibbiyot muassasasi (tug‘uruqxona, shifoxona tug‘ruq bo‘limi, oilaviy poliklinika) tomonidan “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan, perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.

Pensiya jamg‘armasi tomonidan barcha zaruriy maʼlumotlar tibbiyot muassasasi va FHDYO axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan holda “suyunchi” nafaqasi avtomatik ravishda tayinlanadi.

Bunda bolaning otasi yoki onasi Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilish orqali “suyunchi” nafaqasini olish imkoniyati yaratilgan.

“Suyunchi puli” qancha muddatgacha beriladi?

Fuqaroning xohishiga ko‘ra, bola tug‘ilganda to‘lanadigan bir martalik nafaqa Xalq bankiga ham murojaat qilmasdan bank kartasiga o‘tkazib berilishi mumkin.

Bola tug‘ilgandan boshlab 6 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilish mumkin.

Pensiya jamg‘armasi nafaqa tayinlash va to‘lash jarayonlari osonlashtirilgani natijasida “suyunchi” nafaqasini oluvchilar soni ko‘payib borayoganini xabar qildi.

  • Masalan, O‘zbekistonda 2022-yilda tug‘ilgan bolalar soni 932,2 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, “suyunchi” nafaqasi shundan 922,4 ming nafariga (98,9 foiz) to‘lab berilgan.
  • Taqqoslash uchun, 2018-yilda tug‘ilgan bolalar soni 768,5 ming nafarni tashkil etib, “suyunchi” nafaqasini olish uchun 681,7 ming nafar (88,7 foiz) murojaat qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »