Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishida bir qancha holatlarda o‘ziga to‘q oilalar ushbu turdagi nafaqalarni olishi kuzatilgan. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, ayrim o‘ziga to‘q fuqarolar o‘z mulklarini qarindoshlari nomiga rasmiylashtirib, bolalar nafaqasi va moddiy yordam olib kelgan.

“Shu va boshqa turdagi holatlarning oldini olish, bolalar nafaqasi va moddiy yordamni chindan ham unga muhtoj oilalarga yetib borishini taʼminlash maqsadida joriy yilning 10-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining yangi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, 2024-yil martdan boshlab oilaning nomiga rasmiylashtirilmagan, lekin foydalanuvida bo‘lgan avtotransport vositalari, ko‘chmas mulklari, chorva mollari fuqarolarning arizalariga muvofiqligi joyiga chiqqan holda o‘rganilish tartibi joriy qilinadi. Bu orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishida adolat mezonlari mustahkamlanadi”,— deya xabar bergan jamg‘arma.

Avvalroq “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i Sardor Fayzullayev ushbu qaror bilan 2024-yil 1-apreldan boshlab “Yagona interaktiv davlat xizmatlari” portali orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun onlayn murojaat qilish tartibi joriy etilishini aytgandi.

“Bunda onlayn arizani fuqarolar yoki ularning nomidan (fuqaro roziligi bilan) Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududlardagi xodimlari kiritishi mumkin bo‘ladi”,—degan jamg‘arma masʼuli.

Yana bir yangi tartibga binoan, 2023-yil dekabrdan boshlab bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan oilaning iqtisodiy ahvoli har oyda o‘rganib boriladi. Agar oilaning iqtisodiy holatida yaxshilanish kuzatilsa, masalan, u mol-mulk, yangi avtomobil xarid qilgani aniqlansa, dastur moddiy yordam berish mezonlarini qaytadan avtomatik o‘rganadi. Oila o‘sha mezonlarga mos kelmay qolgan taqdirda, pul berish to‘xtatiladi.

“Amaldagi tartibda bolalar nafaqasi tayinlangan oilaning iqtisodiy holati bir yil ichida yaxshilansada, unga belgilangan muddat davomida pul berish to‘xtatilmas edi. Chunki buning huquqiy asosi bo‘lmagan. Yangi qaror bilan shu asos yaratildi. Endi dastur barchasini avtomatik tarzda aniqlaydi. Aytaylik, nafaqa tayinlangan fuqaro mashina sotib olsa, Ichki ishlar vazirligi axborot tizimi orqali dasturga maʼlumot kelib tushadi va o‘sha oilaga moddiy yordam berish to‘xtatiladi”—degan Sardor Fayzullayev.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2,2 milliondan ortiq kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari to‘lanmoqda. 2023-yilda ushbu to‘lovlar uchun davlat budjetidan jami 12,2 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »