Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hukumatning 2021-yil 21-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan nizomda bolalar nafaqasi tayinlash qay hollarda rad etilishi belgilangan.

Foto: “Daryo”

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashda oilaning har bir mehnatga layoqatli yoshdagi aʼzosini rasmiy daromad manbalarga egaligini aniqlashtirish talab qilinadi.

Hukumat nizomida oilada rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila aʼzosi mavjud bo‘lgan hollarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad qilinishi belgilangan.

Nizomning ushbu talabi bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Bolalar nafaqasi tayinlash uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda fuqarolar yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilish lozim.

Belgilangan mezonlar asosida oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash yoxud tayinlashni rad etish “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »