Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Endilikda fuqarolar pensiyani to‘xtatib turish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilish huquqiga ega. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hukumatning 2022-yil 13-oktyabrdagi qaroriga asosan, pensiya to‘lovlarini vaqtincha to‘xtatib turishga elektron ariza yuborish xizmati joriy etildi.

Bunda fuqaro Davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilish huquqiga ega.

Oldingi tartibga ko‘ra, fuqaro pensiyani to‘xtatib turish uchun faqatgina Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin edi,—deya xabar berdi Pensiya jamg‘armasi.

Yangi tizimni amaliyotga joriy etish orqali fuqarolar uchun quyidagi qulayliklar yaratildi:

  • davlat xizmatlaridan foydalanishda haftaning istalgan kuni va istalgan vaqtda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etish mumkin;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatish 5 soniyada amalga oshiriladi;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatilishida Pensiya jamg‘armasi xodimlari ishtirok etmaydi.

Avvalroq 2024-yildan yanvardan boshlab pensiya tayinlash uchun onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratilishi xabar qilingadi. 2025-yil 1-martdan esa pensiyalar avtomatik ravishda tayinlanadigan bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »