Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fuqarolarga yoshga doir pensiya tayinlashda bir qator hisob–kitoblar amalga oshiriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i Nozimjon Jo‘rayev maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ish staji va ish haqi qanday hisoblanadi?

Pensiya miqdori ish staji va ish haqiga bog‘liq. Qonunchilikka ko‘ra, pensiya tayinlashda ish haqini hisoblash uchun fuqaro mehnat faoliyatini to‘xtatgan davrigacha bo‘lgan oxirgi 10 yillikdan 5 yillik oylik–maoshi olinadi. Masalan, fuqaro 2018-yilda mehnat faoliyatini tugatdi. Bunda oxirgi 10 yillik — 2008-yildan 2018-yilgacha bo‘lgan davrdir. Shu davrda qancha oylik–maosh olgan bo‘lsa, o‘sha ish haqlari dasturga kiritiladi. Keyin 10 yillik davrdan eng yuqori ish haqi to‘langan ketma–ket 5 yili tanlab olinadi. Bu albatta, fuqaroning xohishi bilan amalga oshiriladi. Yaʼni fuqaro buni o‘zi belgilaydi.

Misol uchun, “men 2008-yildan 2012-yilgacha”, yoki “2012-yildan 2018-yilgacha davrda yuqori oylik olganman, shu davrlarni hisoblang”, deb aytishi mumkin. Har bir yilimiz 12 oydan bo‘lganda 5 yil 60 kalendar oy hisoblanadi. Bu vaqtdagi fuqaro olgan oylik ish haqi qo‘shib chiqiladi va 60 oyga bo‘linadi. Natijada fuqaroni o‘rtacha bir oylik ish haqi aniqlanadi. Aniqlangan o‘rtacha ish haqining 55 foizi fuqaroga pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori deb belgilanadi.

Aytaylik, fuqaroning ish haqi ikki million so‘m bo‘lsa, shundan 55 foizi (1 million 100 ming so‘m) olinadi. Keyin hisob–kitoblarda fuqaroning ortiqcha ish stajlari ham hisoblanadi. Talab etilganidan necha yil ortiqcha ish staji bo‘lsa, shuncha foiz bazaviy miqdorga qo‘shiladi va oshiriladi. Bu har bir yil uchun bir foizdan degani.

Agar ish staji 30 yil bo‘lsa, ortiqcha ish staji 5 yil bo‘ladi. Bunda bazaviy miqdor 5 foizga oshiriladi. Shu bilan birga, fuqaroning imtiyozli toifalari, ustama haqlari ham inobatga olinadi. Masalan, unvonlariga qarab ustama belgilanadi.

Ish staji kam bo‘lsachi?

Erkaklar 60 yoshga kirganda, kamida 25 yil ish staji bo‘lganda yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilangan. Lekin 25 yildan kam bo‘lsachi? Masalan, ish stajlari 18 yil. Bunda o‘sha bor stajlariga mutanosib ravishda pensiya tayinlash ko‘zda tutilgan.

Pensiya tayinlanishi uchun fuqaroning ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan ish stajlari kamida 7 yil bo‘lishi kerak. Agar undan kam bo‘lsa, pensiya tayinlash rad etiladi. Chunki fuqaro qonunda belgilangan talab bajarilmagani sabab yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lmaydi. Bunday hollarda yoshga doir nafaqa tayinlanadi. Ish staji yetarli bo‘maganda ekaklar 65 yoshga to‘lsa, ayollar 60 yoshdan yoshga doir nafaqa olishi mumkin.

Avvalroq “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunda davlat pensiyalarining 3 ta turi borligi belgilangani, ular yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari ekani maʼlum qilingandi. Qonunga ko‘ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklarga 60 yoshdan ish staji kamida 25 yil bo‘lganda, ayollarga 55 yoshdan ish staji 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »