Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mamlakatda fuqarolar pensiyalarini qayta hisoblashga olib keladigan bir necha holatlar mavjud. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi eslatib o‘tdi 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunning 49-moddasiga asosan, bir necha hollarda pensiyalarni qayta hisoblash mumkin. Jumladan, pensioner pensiya miqdoriga taʼsir ko‘rsatuvchi qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etganda uning pensiyasi qayta hisoblanadi.

“Masalan, fuqaro Pensiya jamg‘armasiga murojaat qildi. Unga 2022-yilda taqdim etgan hujjatlariga asosan yoshga doir pensiya tayinlandi. Oradan 1 yoki 2 yil vaqt o‘tib, 2022-yildan avval, pensiya tayinlashda inobatga olinmagan davrdagi ish staji va ish haqlari haqidagi hujjatlar bilan murojaat etsa, fuqaroning arizasi va taqdim etgan hujjatlari asosida pensiya miqdori qayta hisoblanadi. Inobatga olinmagan ish stajlari bo‘lsa, ularni qo‘shib pensiya miqdorini oshirib berish mumkin” — deya tushuntirdi Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i Nozimjon Jo‘rayev.

Shu bilan birga, quyidagi hollarda ham pensiyalar qayta hisoblanadi:

  • nogironlik guruhi o‘zgarganda;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila aʼzolari soni o‘zgarganda;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o‘zgarganda;
  • daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda.

Bundan tashqari, fuqaroga I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanada ko‘rsatilgan uning yoshiga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan huquqlar paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »