Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oxirgi uch yil davomida Toshkent shahri aholisi boshqa hududlardagiga qaraganda eng ko‘p ipoteka kreditlari olmoqda. Bu haqda Markaziy bank eʼlon qilgan infografikada maʼlumot berilgan.

Infografika: Markaziy bank

Hisob–kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda 68 ming 395 nafar fuqaroga 16 trillion 851 milliard so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan. Shundan eng ko‘p miqdor Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi — 5 trillion so‘m. Poytaxt aholisiga 2022-yilda ham boshqa hududlardagiga nisbatan eng ko‘p — 4,3 trillion so‘m, 2021-yilda esa 2,6 trillion so‘m ipoteka kreditlari berilgan.

O‘tgan yilda Farg‘ona (1,3 trillion so‘m), Navoiy, Toshkent va Samarqand viloyatlari aholisiga (har biriga 1,2 trillion so‘mdan) nisbatan yuqori miqdordagi ipoteka kreditlari ajratilgan. Eng kam kredit olganlar Sirdaryo viloyati (380 milliard so‘m) aholisi bo‘lgan.

2023-yildagi ipoteka kreditlarining 10,7 trillion so‘mini (63 foizi) erkaklar, 6 trillion so‘mini (37 foizi) ayollar olgan.

Kreditlarning 69 foizi 31–50 yoshgacha, 20 foizi 18–30 yoshgacha, 11 foizi 50 yoshdan yuqori fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Markaziy bank hisobotida so‘nggi 6 yilda aholiga jami 62,9 trillion so‘m ipoteka kreditlari ajratilgani keltirilgan. Xususan, aholiga:

  • 2018-yilda 4,8 trillion so‘m;
  • 2019-yilda 7,9 trillion so‘m;
  • 2020-yilda 9,1 trillion so‘m;
  • 2021-yilda 9,8 trillion so‘m;
  • 2022-yilda 14,4 trillion so‘m ipoteka kreditlari berilgan.

Avvalroq Markaziy bank 2023-yilning o‘tgan davrida kredit foizlari qanday o‘zgargani bo‘yicha infografika eʼlon qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »