Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bank 2023-yilning o‘tgan davrida kredit foizlari qanday o‘zgargani bo‘yicha infografika eʼlon qildi.

Xususan, noyabr oyida aholiga ajratilgan so‘mdagi kreditlar foizlari joriy yildagi eng yuqori darajaga yetib, 25,1 foizni tashkil qildi. Tadbirkorlar uchun kreditlar esa 22,5 foizdan ajratilgan.

Infografikaga ko‘ra, kreditlar yanvar oyida aholiga 22,9 foizdan (11 oyda 2,2 foiz o‘sgan), biznesga 22 foizdan (0,9 foiz o‘sgan) berilgan.

Aholiga chet el valyutasidagi bank kreditlari qisqa muddatga 9,6 foizdan, uzoq muddatga 9,6 foizdan ajratilgan.

Avvalroq Markaziy bank raisi mamlakat aholisi kreditni asosan nimaga olayotganini ochiqlagandi.

“So‘rov natijasida aholida avtokreditlar, mikroqarz, mikrokredit hamda ipoteka kreditlariga talab yuqori ekani aniqlandi”, — degan Mamarizo Nurmurodov. 

Shu bilan birga, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida kelgusi 7 yil ichida kredit foizlarini 10-12 foizgacha pasaytirish belgilangani xabar qilingan

Ma’lumot uchun, respublikada 2013-yilning iyul oyida banklardagi kredit foiz stavkalari 15,8 foiz bo‘lgan. Joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 25 foizdan oshmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »